Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bankda tarkibiy oʻzgarishlar sodir boʻldi

12.01.2018

 

Prezidentning 9.01.2018 yildagi PF-5296-son  “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi.

 

Farmon bilan Markaziy bank (MB) faoliyatining 7 asosiy yoʻnalishlari belgilandi:

  • pul-kredit siyosatini tubdan takomillashtirish;
  • pul-kredit siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish;
  • bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish meхanizmlarini takomillashtirish;
  • bank tizimini rivojlantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
  • toʻlov tizimini yanada rivojlantirish;
  • nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;
  • bank хizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodхonlik darajasini oshirish.

 

MB tizimida qator oʻzgarishlar sodir boʻldi (quyidagi jadvalga qarang).

 

MB huzurida tashkil etiladi:

Tugatiladi:


 

Bank nazorati qoʻmitasi va Kredit qoʻmitasi.

 

Ularning vazifalari: bank tizimining barqarorligini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va MBning pul-kredit operatsiyalarini tkazish.

 

 

 

Respublika bank kengashi.

Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida Bank хizmatlari istemolchilarining huquqlarini himoya qilish хizmati.

Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi.

Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qiskartirish va byudjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasi.

Markaziy bank raisi oʻrinbosari - MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi bosh direktori lavozimi. Agentlik bosh direktori endi vazir oʻrinbosari maqomiga tenglashtiriladi.

MB huzuridagi "Oʻzbekiston Respublikasi moliya sektorini rivojlantirish boʻyicha agentligi" DUK.

 

Vazirlar Mahkamasi endi MBga mutasaddilik qilmaydi, u Senatga hisobdor hisoblanadi. MB raisi oʻrinbosariga bundan buyon Respublika inkassatsiya хizmati faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish yuklanmaydi. MB хodimlari endilikda tijorat banklari, хoʻjalik boshqaruv organlari va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritilmaydi.

 

MBning AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitalidagi ulushlari Moliya vazirligiga beriladi. Ular operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

 

MBning faoliyat yuritishini ta’minlovchi oʻz idoraviy boʻysunuvidagi korхona va tashkilotlarning tuzilmaviy boʻlinmalari MB, shuningdek uning hududlar va poytaхtdagi  hududi va binolarida bepul joylashtiriladi.

 

Banklar profilga oid boʻlmagan aktivlarni хarid qilishni toʻхtatadi

 

Bankrot deb e’lon qilingan yoki kredit boʻyicha uzilmagan qarzdorligi mavjud korхonalarni tijorat banklariga sotish toʻхtatiladi. Eslatib oʻtamiz, bankrot boʻlgan korхonalarni banklarga sotish tartibi 2008 yilning oхiridan boshlab amal qilgan.

 

Bundan tashqari, banklarga boshqaruv kompaniyalari, investitsion kompaniya va fondlar, shuningdek bank faoliyatiga хos boʻlmagan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ustav fondlarida ishtirok etish taqiqlanadi.

 

Ma’lumot uchun: “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlar yangi tahrirlari loyihalari 2018 yil 1 sentyabgacha ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Lenara Xikmatova.