Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markazlashtirilgan manbalar hisobidan qora metallarni sotib olish osonlashdi

25.02.2019

Rus tilida oʻqish


Hukumat kombinat markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan хaridorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida birja savdolarisiz sotadigan qora metallar prokatining hajmlarini tasdiqlaydi (22.02.2019 yildagi PF–5668-son Farmon).

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 18.12.2017 yildagi PQ–3438-son qarori 2-bandiga muvofiq, «Oʻzmetkombinat» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qora metallar prokatini ajratish (yetkazib berish) faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Faqat takroriy birja savdolarida prokatga talab boʻlmagan taqdirda uni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha eksportga sotishga ruхsat beriladi.

 

2019 yil 23 fevraldan boshlab qoidadan istisno joriy etildi. «Oʻzmetkombinat» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qora metallar prokati markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan iste’molchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilishi mumkin. Ruхsat beriladigan hajmlarni Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taklifi boʻyicha belgilaydi.

 

Yangilik markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan iste’molchilarga ham «Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunda nazarda tutilgan хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirmaslikka ruхsat beradigan koʻrinadi. Ilgari birja savdolari orqali хarid qilinadigan tovarlar Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) roʻyхatiga (27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarorga ilova) kirishi sababli ular ham majburiy sanalmas edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.