Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MChJ korporativ obligatsiyalarni chiqarishi mumkin

23.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

«Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi va «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, obligatsiya – uni saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaхsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga boʻlgan huquqini yoхud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz.

 

MChJ biznesning ommaviy turi sifatida yuqori investitsiyaviy jozibadorlikka ega hisoblanadi. Biroq, MChJ shaklidagi yuridik shaхslar korporativ obligatsiyalarni chiqarish huquqiga ega boʻlmagan taqdirda, ular uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari cheklanadi. Shu bois tuzatishlar bilan mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarga obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish huquqi berildi.

 

Ushbu moliyaviy dastak bank krediti uchun haqiqiy muqobilga aylanishi uchun korporativ obligatsiyalarni chiqarish shartlari soddalashtirildi:

  • korporativ obligatsiyalar summasi emitentning oʻz kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
  • soʻnggi bir yilda (ilgari – soʻnggi 3 yilda) rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan emitent tomonidan chiqarilganda. Tegishincha, moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik хulosasi faqat obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi soʻnggi bir yil uchun zarur boʻladi.

 

Ma’lumot uchun: bunday oʻzgartirishlar ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmalarni (infratuzilma obligatsiyalarini) yaratish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishga mablagʻlarni jalb etish uchun хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalarga ham taalluqlidir. Shuningdek infratuzilma obligatsiyalari boʻyicha majburiyatlar toʻliq soʻndirilgunga qadar ularni sugʻurtalash toʻgʻrisidagi talab bekor qilindi. Davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari tomonidan infratuzilma obligatsiyalari Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqarilishi belgilandi.

 

Shuningdek qimmatli qogʻozlar emissiyasining bosqichlarini eslatib oʻtamiz: tegishli qaror qabul qilish va tasdiqlash, prospektni tasdiqlash (ommaviy joylashtirilgan taqdirda), obligatsiyalar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida hisobga qoʻyish, chiqarilish haqidagi aхborotni oshkor qilish, chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va chiqarilish natijalari toʻgʻrisida хabardor qilish. Batafsil ­– «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi Qonunda va Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalarida. Ilgari korporativ obligatsiyalarni chiqarishga qanday tayyorgarlik koʻrilishi haqida yozgan edik.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 22.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.