Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MDHning umumiy intellektual mulk bozori tashkil etilmoqda

19.11.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 14.11.2018 yildagi PQ–4016-son qarori bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim (2018 yil 1 iyun, Dushanbe) tasdiqlandi. 

 

Intellektual mulk agentligi bitim doirasida Oʻzbekistonning markaziy vakolatli organi etib belgilandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi ham хalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan oʻzlariga taalluqli qismi boʻyicha mas’ul hisoblanadilar.

 

Ishtirokchilar hamkorlikni rivojlantirishga ahdlashib olgan asosiy yoʻnalishlar quyidagilardir: sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlar qiymatini baholash tizimlarini rivojlantirish va ularni boshqarish, shuningdek huquqlarni tijoratlashtirish davlatlararo meхanizmlarini ishga solish.

 

Bitim taraflarining birgalikdagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish masalalari boʻyicha davlatlararo kengash tashkil etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Zamanov.