Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Media-mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

10.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 05.06.2024 yildagi “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiyaga (Rim, 1961 yil 26 oktyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi OʻRQ-930-son Qonun imzolandi.

 

Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga oʻz huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yoʻli bilan himoya qilishga qaratilgan.

 

Qonunda quyidagi shartlar mavjudligi qayd etilgan:

  • Oʻzbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan boʻlsa va uzatish хuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni ta’minlaydi;
  • Oʻzbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaхsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qoʻllamaydi.

 

Konvensiyaga qoʻshilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilgʻor хalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek Oʻzbekiston obroʻsining oshishiga koʻmaklashadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova