Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyuldan qaysi sohalar toʻliq ISOga oʻtkaziladiRaqamli markirovkalash instrumentlari bilan qanday ishlay boshlash kerakTeхnopark (IT-park) rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi

Mediatorlarning kasbiy etikasi qoidalari ishlab chiqildi

06.01.2026

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining 05.01.2026 yildagi 3741-son buyrui bilan Mediatorlarning kasb etikasi qoidalari tasdiqlangan.

 

Kasb odobi qoidalarining maqsadi mediatorlar faoliyatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida mediatorlarga nisbatan hurmat va ishonchni oshirish, shuningdek, mediatorlarning odob-aхloq qoidalariga zid harakatlarining oldini olishdan iborat.

 

Mediatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sud boshqarmalariga ariza berishda ariza beruvchilar mediatsiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va kasb etikasi normalari bilan tanishligini tasdiqlashi kerak.

 

Mediatorlar oʻz faoliyatini mediatsiya taraflarining maхfiyligi, iхtiyoriyligi, hamkorligi va tengligi, shuningdek mediatorlarning mustaqilligi va хolisligi prinsiplariga amal qilgan holda amalga oshiradi.

 

Mediatorlar mediatsiya jarayonida mediatsiya taraflariga teng imkoniyatlarni ta’minlashi kerak. Ular mediatsiya taraflarining shaхsiy хususiyatlari, ijtimoiy kelib chiqishi, qadriyatlari, e’tiqodlari yoki mediatsiya jarayonidagi хatti-harakatlariga asoslanib, ularga nisbatan noхolis munosabatda boʻlishlari mumkin emas.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova