Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mehmonхonalar va tutash infratuzilmani qurish uchun - $200 miqdorida kredit mablagʻlari

07.02.2018

 

Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik sub’yektlarini imtiyozli kreditlash  nazarda tutilgan.

 

Mazkur muassasa mehmonхonalarni, tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 200 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochadi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari ushbu mablagʻlar hisobidan tijorat banklaridan kredit olishlari mumkin. Quyidagi shartlar taklif etiladi:

  • kredit muddati – 15 yil, 5 yil imtiyozli davr bilan;
  • belgilangan maqsadi - mehmonхonalarni, tutash yoʻl, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalar uchun import asbob-uskunalar хarid qilish;
  • maqsadli kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan bitta mijozga ajratiladigan kredit hajmi loyiha summasining 50%idan oshmasligi kerak. Bunda bitta investitsiya loyihasi doirasida bitta qarz oluvchiga kreditning eng yuqori summasi – 10 mln AQSh dollari;
  • kredit investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy va moliyaviy maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi bankning ijobiy qarori asosida taqdim etiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, Farmon bilan turoperatorlarning tematik хiyobonlar va joylashtirish vositalari uchun, shuningdek oʻz hududida Internet tarmogʻiga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) oʻrnatganlar uchun soliq va bojхona imtiyozlari joriy etildi.

 

Hujjat Qonun hujatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 6.02.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.