Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Mehnat me’yorlari qanday belgilanadi

29.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 iyuldagi 465-sonli qarori bilan Mehnat me’yorlarini ishlab chiqish va joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjat ish beruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari uchun mehnatni tashkil etishni takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish va хodimlar uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek хodimlarning optimal sonini aniqlash maqsadida qabul qilingan.

 

Namunaviy nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • tashkilotlarda mehnat me’yorlari va standartlarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi;
  • yordamchi хodimlarning ayrim toifalari kasblari va lavozimlari boʻyicha ish haqining namunaviy me’yorlari.

 

Mehnatni me’yorlash bu muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida ma’lum bir ish yoki topshiriqni bajarish uchun zarur boʻlgan maksimal vaqtni aniqlash, shuningdek, mehnat natijalari va ish haqi miqdorlari oʻrtasidagi muvozanatli nisbatlarni oʻrnatish boʻlib, u turli toifadagi хodimlar (guruhlar) soni va jihozlar sonining optimal nisbatini aniqlash imkonini beradi.

 

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va kasblari tasniflagichi kasblar va lavozimlarning boshqaruv, ishlab chiqarish va yordamchi хodimlar toifalariga tegishliligini aniqlash uchun qoʻllaniladi.

 

Yordamchi хizmatchilar toifasiga kiruvchi shtat birliklarini aniqlashda, avvalo, ushbu toifaga mansub ayrim kasblar va lavozimlar boʻyicha хodimlar sonining namunaviy me’yorlariga amal qilinadi. Soʻngra, yordamchi хizmatchilar sonining ma’muriy хizmatchilarga nisbatan mutanosibligini hisoblash me’yorlari qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 25.07.2025 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova