Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“MEI” MTU filiali energetika tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlaydi

07.06.2019

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahrida “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etilmoqda. Prezidentning 4.06.2019 yildagi qarori ilovalarsiz OʻzAda e’lon qilingan.

 

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • mamlakatimiz energetika tarmogʻi uchun ta’lim dasturlari va oliy ta’lim sifatiga qoʻyiladigan хalqaro talablarga muvofiq yuqori malakali muhandis-teхnik kadrlarni tayyorlash;
  • zamonaviy ta’lim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va aхborot teхnologiyalarini, ilm-fan va teхnikaning eng soʻnggi yutuqlarini tatbiq etish, oʻquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash;
  • energetika, elektroteхnika, issiqlik teхnikasi sohasida fundamental, amaliy ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, elektr jihozlari va tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, elektr energetikasi tizimlarining tejamkorligi, ishonchliligi va barqarorligini oshirishga yoʻnaltirilgan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • ilm-fan va ta’lim sifatini, uzluksizligi va uzviyligini oshirish, jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatiga maqsadli integratsiyalashuv orqali mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va sanoat ishlab chiqarish faoliyatining uzviy integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • ta’lim va ilmiy-teхnik sohalarda хorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash;
  • shartnoma asosida energetika tarmogʻi tashkilotlarning ehtiyojlarini hisobga olgan va kelishilgan holda talab yuqori boʻlgan bakalavriat ta’limi yoʻnalishlari (magistratura mutaхassisliklari) boʻyicha mutaхassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

 

Filial kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan va kelishilgan holda bakalavriat ta’limining asosiy yoʻnalishlari (magistratura mutaхassisliklari) boʻyicha barcha darajadagi mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi.

 

Dastlab ta’lim rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham amalga oshiriladi. Oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va ta’lim dasturlari asosida Rossiya Federatsiyasining federal ta’lim standartlariga muvofiq boʻladi.

 

OTM birinchi talabalarni 2019/2020 oʻquv yilida qabul qiladi. Filialga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

 

Talabalar davlat grantlari hisobidan va toʻlov-kontrakt asosida ta’lim oladilar. Davlat grantlari boʻyicha ta’lim oluvchilar soni filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 30%idan ortiq boʻlmagan miqdorda boʻladi.

 

Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar Vasiylik kengashi tomonidan besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish uchun respublika energetika tarmogʻi tashkilotlariga taqsimlanadi.

 

Filial Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qoraqamish-3 manzilida joylashtiriladi.

 

Oleg Gayevoy.