Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Metro qurilishi uchun - $354,36 mln

29.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.11.2021 yildagi "Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi" loyihasining teхnik-iqtisodiy hisobini tasdiqlash toʻgʻrisida715-son qarori qabul qilindi.

 

Loyiha Prezidentning "Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 19 maydagi PQ-2979-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

 

Tasdiqlangan TIAga asosan loyihaning umumiy qiymati $354,36 mln ni tashkil etadi, shu jumladan:

  • Davlat byudjeti mablagʻlari - $208,398 mln;
  • Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti - $108, 390 mln;
  • Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki krediti - $500 mln;
  • davlat ulushi - $37, 076 mln.

 

Loyihani amalga oshirish uchun kapital qoʻyilmalar qiymati $317,288 mln ni tashkil etadi, ular mashina va uskunalar hamda qurilish-montaj ishlarini хarid qilishga yoʻnaltiriladi.

 

XXRning Eksimbanki krediti 20 yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan taqdim etilgan. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti 15 yil muddatga toʻrt yillik imtiyozli davr bilan taqdim etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.