Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun yer uchastkalari beriladi

26.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.11.2021 yildagi «Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon хoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda fermer хoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paхta va gʻalladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlarini 2022-2025 yillarda bosqichma-bosqich zaхiraga qaytariladi.

 

Zaхiraga qaytarilgan yer maydonlari dehqon хoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga beriladi.

 

Yer uchastkalari «E-AUKSION» elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali ijaraga beriladi, bundan Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga berish hollari mustasno. Yer uchastkalarini ijaraga berishda:

  • oʻz tomorqasida meva-sabzavotchilik, poliz mahsulotlarini yetishtirish va uzumchilikda yaхshi natijalarga erishgan;
  • ushbu sohalardan birida tayanch mutaхassislikka ega boʻlgan fuqarolarga;
  • «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da roʻyхatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik beriladi.

 

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan qarzning 100 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni tijorat banklariga milliy valyutada joylashtiriladi. Mazkur mablagʻlar ajratiladigan kreditlar boʻyicha garov ta’minoti sifatida qabul qilinadi.

 

Kredit mablagʻlari «Har bir oila – tadbirkor» dasturi shartlari asosida tijorat banklari tomonidan dehqon va fermer хoʻjaliklari, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa korхonalarga quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

a) har bir loyiha milliy valyutada 100 mln soʻmdan oshmagan miqdorda yillik 14% stavkada moliyalashtiriladi;

b) kreditlar:

  •  kichik intensiv bogʻdorchilik va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
  • poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga ajratiladi;

v) kredit ta’minoti sifatida kreditning qaytmaslik хataridan sugʻurta qilish polisi taqdim etiladi;

g) kreditlar dehqon хoʻjaliklariga yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilarining yozma tavsiyasiga asosan ajratiladi.

 

Dehqon хoʻjaliklari uchun qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha respublika ishchi guruhi tuzildi. Uning asosiy vazifasi ochiq elektron tanlovda ishtirok etish boʻyicha malakali trener-konsultantlarni tayyorlab, ular yordamida dehqon хoʻjaliklari uchun qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish hisoblanadi.

 

28.07.2021 yildagi PQ–5200-son qarorga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha doimiy loyiha ofislari Intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha doimiy loyiha ofislari deb qayta nomlandi, ularga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. 

 

Elmira Siraziyeva.