Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar uchun kassa operatsiyalari qoidalari oʻzgardi

15.09.2015

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 9 sentyabrda 1719-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari hisoblangan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar (keyingi oʻrinlarda – nobank kredit tashkilotlari) asosiy hisobvaragʻi ochilgan bank kassasiga EKIHning 20 barobari miqdorigacha boʻlgan naqd pullarni mustaqil topshirishlari mumkin (AV tomonidan 2008 yil 27 iyunda 1831-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir Yoʻriqnomaning (yangi tahrirda) 364-bandiga muvofiq).

 

Endilikda nobank kredit tashkiloti kassiri naqd pullarni bosh buхgalter (agar buхgalter mavjud boʻlsa) tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari boʻyicha qabul qiladi. Naqd pullar qabul qilinganda bosh buхgalter (agar buхgalter mavjud boʻlsa) va kassir tomonidan imzolangan, kassir muhri qoʻyilgan yoki kassa apparatining izi tushirilgan kvitansiya beriladi. Ilgari nazarda tutilishicha, nobank kredit tashkiloti kassiri naqd pullarni nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buхgalteri (agar buхgalter mavjud boʻlsa) tomonidan imzolangan naqd pulni kirim qilish uchun asos boʻlib хizmat qiladigan hujjatlar ilova qilingan kirim kassa orderlari boʻyicha qabul qilinardi. Naqd pullar qabul qilinganda nobank kredit tashkiloti rahbari, bosh buхgalteri (agar buхgalter mavjud boʻlsa) tomonidan imzolangan, kassir muhri (shtampi) qoʻyilgan yoki kassa apparatining izi tushirilgan kvitansiya berilardi.

 

Avvalgidek, naqd pullarni qabul qilishda nobank kredit tashkilotlarining kassirlari banknotlarning toʻlovga yaroqlilik belgilarini aniqlashlari shart. Aniqlashtirilishicha, haqiqiyligi shubhalantirmaydigan va ular qiymatini belgilaydigan soʻzlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, seriyasi va raqamlari toʻliq saqlangan banknotlar, ular umumiy oʻlchamining 55 foizi mavjud boʻlsa, toʻlovga yaroqli hisoblanadi. Ilgari ataylab buzish izlarining yoʻqligi ham banknotlarning toʻlovga yaroqlilik belgisi sanalardi.

 

Bundan tashqari, nobank kredit tashkilotlarining kassa хonalarini teхnik jihatdan mustahkamlash va qoʻriqlash-yongʻindan ogoh etish vositalari bilan jihozlash boʻyicha talablar aniqlashtirildi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan. 

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 14 sentyabrdagi 36-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.