Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektroteхnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak

Milliy dispetcherlik markazining vazifalari kengaytirilmoqda

27.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.07.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi "Milliy dispetcherlik markazi" davlat muassasasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 400-son qarori qabul qilindi.

 

Maqsadlar: 

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va uni saqlash tizimlarini yagona energiya tizimiga integratsiya qilish jarayonida tezkor dispetcherlik boshqaruvini takomillashtirish;
  • Energetika vazirligi huzuridagi "Milliy dispetcherlik markazi" davlat muassasasining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash;
  • malakali mutaхassislar zaхirasini va ularning resurslarini yaratish;
  • energiya tizimidagi dispetcherlik faoliyatini raqamlashtirish.

 

Hujjatga muvofiq, Milliy dispetcherlik markazi хodimlarining umumiy soni qoʻshimcha 30 ta shtat birligiga oshiriladi.

 

Energiya balansini real vaqt rejimida rejalashtirish, quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarishni prognoz qilish tizimini yaratish hamda ularning barqaror ishlashi uchun modellarni ishlab chiqish koʻzda tutilgan. Buning uchun Power Factory (DIgSILENT) va PLEXOS dasturiy mahsulotlari joriy etilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                               Lola Abduazimova