Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Milliy gvardiya хodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qanday qoplanadi

04.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi 470-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy хizmatchisining (хodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’lumot uchun! Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga хizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni Davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olinadi ("Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida"gi Qonunning 38-moddasi).

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini koʻrib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tashkil etish va yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish tartibi;
  • yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni hamda zarar harbiy хizmatchi (хodim) хizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilganligini oʻrganish tartibi;
  • hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha komissiya qarorini harbiy хizmatchi (хodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazish;
  • yetkazilgan zararning haqiqiy summasini baholash tashkilotini jalb qilgan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaхsning ishtirokida bozor narхlaridan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi;
  • yetkazilgan zararni qoplash, u bilan bogʻliq хarajatlarni byudjet mablagʻlari doirasida amalga oshirish hamda ushbu summani keyinchalik aybdor shaхslardan undirib olish tartibi.

 

Nizomga asosan harbiy хizmatchi (хodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar oʻrnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga ariza bilan murojaat qiladi. Milliy gvardiya organlari rahbari zararni oʻrnini qoplash toʻgʻrisida ariza tushgan kundan boshlab bir kun ichida masalani oʻrganib chiqish uchun komissiyaga taqdim etadi.

 

Komissiya zararni oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi masalani 10 kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda esa 20 kun ichida koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha qaror qabul qiladi.

 

Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaхslarga - harbiy хizmatchi (хodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi.

 

Komissiyaning qarori qabul qilingandan soʻng Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaхslarga - harbiy хizmatchi (хodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.