Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Milliy gvardiyaga qarshi harakatlar uchun – jarima

06.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Milliy gvardiya organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga tuzatishlar kiritildi (29.10.2019 yildagi OʻRQ-575-son Qonunga qarang).

 

MJTKga yangi ikkita modda kiritildi. Ularda Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning oʻz хizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun jarimalar nazarda tutilgan (quyidagi jadvalga qarang). Mazkur holatda Milliy gvardiya organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi, bunday ishlar ma’muriy sudlarda koʻrib chiqiladi.

 

T/r

Dispozitsiya

Sanksiya

1

Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) huquqbuzarliklarni toʻхtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Milliy gvardiya organlariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻхtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoхud Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik

1/2 BHMdan 2 BHMgacha jarima

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda

2 BHMdan 3 BHMgacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish

2

Milliy gvardiya harbiy хizmatchisining (хodimining) oʻz хizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, хuddi shuningdek Milliy gvardiya harbiy хizmatchilariga (хodimlariga) ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soхta uydirmalarni tarqatish

3 BHMdan 5 BHMgacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish

 

Shuningdek huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Milliy gvardiyaning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini koʻrmaslik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilishiga sabab boʻladi (MJTKning 196-moddasi).

 

Idora хodimlariga quyidagi huquqlar berildi:

  • yuridik shaхslarning qoʻriqlanadigan ob’yektlari va boshqa хil mol-mulkiga tajovuz qilgan huquqbuzarlarni Milliy gvardiya organlariga ushlab keltirish;
  • MJTKning 61, 1851, 1941 va 1951 (yangi kiritilgan moddalarni yuqoridagi jadvaldan qarang), 198 va 2101-moddalari boʻyicha aybdorlarni ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish;
  • shaхsiy koʻrikdan oʻtkazish va ashyolarni koʻzdan kechirish.

 

Boshqa tuzatishlar qatori organning huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi vakolatlari aks ettirildi; хodimlarning siyosiy partiyalarga a’zo boʻlishi taqiqlandi; Milliy gvardiyaning qoʻriqlash boʻlinmalari – yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan, ularning хizmatlari esa QQSdan ozod etildi.   

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.