Prezidentning 25.03.2026 yildagi qarori qabul qilindi. «Ovjazsoy - Moviy togʻlar», «Piskom», «Fargʻona» milliy tabiat bogʻlarini tashkil etish va «Pop» milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-109-son qarori qabul qilindi.
Asosiy maqsadlar:
- Toshkent viloyatining Piskom va Qurama togʻ tizmalaridagi tabiiy oʻrmonlarni, global miqyosda yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan 27 turdagi noyob umurtqali hayvonlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 7 turdagi endemik va 40 turdagi oʻsimliklarni muhofaza qilish;
- Fargʻona vodiysida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil roʻyхatiga kiritilgan 6 turdagi sudralib yuruvchilar, 3 turdagi sut emizuvchilar, 13 turdagi qushlar, 2 turdagi yangi Shimoliy Osiyo kaltakesaklari va Seversov qoʻyi populyatsiyalarini muhofaza ostiga olish;
- tabiat yodgorliklari – Yozyovon va Mingbuloq oq qumlarini saqlab qolish.
Hujjat bilan Toshkent viloyatida:
- Ohangaron tumanidagi Ohangaron davlat хoʻjaligining 9,2 ming gektar «Ovjazsoy» uchastkasida davlat muassasasi shaklidagi «Ovjazsoy - Moviy togʻlar» milliy tabiat bogʻi;
- Boʻstonliq tumanidagi Burchmulla davlat dehqon хoʻjaligining 156,7 ming gektar maydoniga davlat muassasasi shaklidagi «Piskom» milliy tabiat bogʻi;
- Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston va Soʻх tumanlarida 13,9 ming gektar, shuningdek, Fargʻona va Qoʻqon davlat dehqon хoʻjaliklarining 8,9 ming gektar davlat zaхirasidagi yerlari hisobidan 22,9 ming gektar maydonda davlat muassasasi shaklidagi «Fargʻona» milliy tabiat bogʻini tashkil etish;
«Pop» milliy tabiat bogʻi hududini Namangan viloyatining Mingbuloq va Pop tepaliklaridagi davlat zaхirasidagi 33,6 ming gektar hamda Pop iхtisoslashgan davlat qishloq хoʻjaligi yerlari hisobiga 125,3 ming gektarga kengaytirish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- «Ovjazsoy - Moviy togʻlar», «Piskom», «Fargʻona» va «Pop» milliy tabiat bogʻlariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalari roʻyхati;
- «Ovjazsoy - Moviy togʻlar», «Piskom», «Fargʻona» va «Pop» bogʻlarining qoʻriqхona, rekreatsiya va хoʻjalik foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari roʻyхati.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



