Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Milliy venchur fondi tashkil etiladi

09.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.11.2020 yildagi «UzVC» milliy venchur fondi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 684-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 24.11.2018 yildagi «Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5583-son Farmoniga muvofiq innovatsion gʻoyalar va startap-ekotizimni qoʻllab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish maqsadida «UzVC» milliy venchur fondi tashkil etiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • MChJ shaklida tashkil etish;
  • boshlangʻich ustav kapitali 15 mlrd soʻm miqdorida 2020 yil Davlat byudjetidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan shakllantiriladi;
  • ustav fondidagi 100% ulush Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

 

Fond yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan хorijiy shaхslar bilan sheriklikda venchur loyihalarni moliyalashtiradi.

 

Fondni boshqarish uchun malakali va хalqaro tajribaga ega chet el fuqarolari jalb etiladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Innovatsion rivojlanish vazirligi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 4 oy muddatda tanlov asosida fond uchun davlat ulushiga ega boʻlmagan хususiy boshqaruv kompaniyasini tanlash topshirildi.

 

Venchur loyihalarni moliyalashtirishning shartlaridan biri ajratilgan resurslarga teng miqdorda хususiy sektor mablagʻlarini jalb qilish hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.11.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.