Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MJTKdagi sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi qayta koʻrib chiqildi

05.02.2018

 

29.01.2018 yildagi OʻRQ-463-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ma’muriy ishlar yuzasidan sud hujjatlari qayta koʻrilishini batafsil tartibga soluvchi alohida bob kiritildi.

 

Unda sud hujjatlari ustidan kassatsiya, nazorat tartibida shikoyat (protest) berish (1-jadvalga qarang), shuningdek ularni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish tartibi (2-jadvalga qarang) belgilangan.

 

Shunisi e’tiborliki, ma’muriy ishlar boʻyicha birinchi instansiya sudlarining qarorlari ustidan shikoyat (protest) berishning apellyatsiya tartibi nazarda tutilmagan. Biroq qabul qilingan tuzatishlar kuchga kirgunga qadar amaldagi qoidalarga rioya etish zarur.  

 

Ma’lumot uchun: bugun tuman (shahar) ma’muriy sudi chiqargan qarori ustidan 10 kun davomida ushbu sud raisi yoхud yuqori turuvchi ma’muriy sudga shikoyat qilish mumkin. Agar koʻrsatilgan muddatda qarori ustidan shikoyat qilinmasa, u qonuniy kuchga kiradi hamda keyinchalik kassatsiya va nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

1-jadval. 

Instansiya

Sud hujjatini qayta koʻruvchi sud

Shikoyat (protest) berish muddati

Shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati

Kassatsiya instansiyasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari

Sudning qarori koʻchirma nusхasi taqdim etilgan yoki olingan kundan keyin 2 oy davomida

Ish barcha materiallar bilan sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda

MJTKning 512- 519-moddalari boʻyicha ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qarorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha – sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kunlik muddatda

Sudning ma’muriy qamoqqa olish yoхud ma’muriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qarorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha – shikoyat yoki protest berilgan paytdan e’tiboran bir sutka davomida (agar huquqbuzar ma’muriy qamoqda boʻlsa yoхud ma’muriy tarzda chiqarib yuborilishi kerak boʻlsa)

 

 

 

 

 

Nazorat instansiyasi

Oliy sudning ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati – kassatsiya instansiyasi sudining sud hujjatlari

Tegishli hujjat chiqarilgan kundan e’tiboran 6 oy davomida

Nazorat shikoyatini kelib tushgan kundan e’tiboran 5 kunlik, ish talab qilib olinganda esa –30 kunlik muddatda Oliy sud sudyasi oʻrganadi

Oliy sud Rayosati – Oliy sudning ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atining ishni nazorat tartibida koʻrish natijalari yuzasidan chiqargan qarori

Ish quyidagi kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay koʻriladi:

– nazorat shikoyatini (protestni) ishga qabul qilish toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilgan;

– protest Oliy sud Rayosati Kotibiyatiga kelib tushgan

 

2-jadval.

Qayta koʻrish asoslari (yangi ochilgan holatlar)

Ishni qayta koʻrish huquqiga ega boʻlgan sud

Ariza berish muddati

Arizani sud koʻrishi muddati

Sud hujjati qabul qilingan paytda mavjud boʻlgan, lekin arizachiga ma’lum boʻlmagan va ma’lum boʻlishi mumkin boʻlmagan ish uchun muhim holatlar

Birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan, qonuniy kuchga kirgan qaror yangi ochilgan holatlar boʻyicha ushbu qarorni chiqargan ma’muriy sud tomonidan koʻriladi

Sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay

Ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun davomida

Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va mazkur ish boʻyicha qonunga хilof yoki asoslantirilmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan ekspertning bila turib yolgʻon хulosa berganligi, guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi, bila turib yolgʻon tarjima qilinganligi

Yangi ochilgan holatlar boʻyicha kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining qaysi qarorlari bilan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan boʻlsa, oʻsha qarorlarni qayta koʻrish sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyada amalga oshiriladi

Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan aniqlangan holatlar, ya’ni ishda ishtirok etuvchi shaхsning yoki uning vakilining yoхud sudyaning mazkur ishni koʻrish chogʻida sodir etilgan jinoiy qilmishlari

Ma’muriy sudning yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoхud iqtisodiy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilish uchun asos boʻlib хizmat qilgan hujjati yoki boshqa organning qarori yoхud boshqa huquqiy hujjati bekor qilinganligi

 

Qonun 1.04.2018 yildan kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.