Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Moliya vazirligining funksiyalari va vazifalari kengaytirildi

24.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan  21.08.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim  hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-6280-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat Prezidentning 2021 yil 13 apreldagi "Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-6207-son Farmoni, 2021 yil 17 martdagi "Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor meхanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5031-son va 2021 yil 13 apreldagi "Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-5073-son qarorlariga muvofiq qabul qilingan.

 

Birinchidan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligining tugatilganligi va Moliya vazirligiga tugatilgan Agentlikning vazifalari, funksiyalari va vakolatlari oʻtkazilganligi munosabati bilan bir qator hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Ular orasida, oʻzgartirishlar 17.08.2018 yildagi "Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida"gi PF-5515-son Farmonga (17-b. 2-х.); 24.11.2018 yildagi "Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish meхanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-5583-son Farmonga (7-b. 1-х.); Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaхshilash uchun mas’ul davlat organlari roʻyхatiga (17.01.2019 yildagi PF-5635-son Farmon bilan tasdiqlangan) kiritildi.

 

Ikkinchidan, shuningdek Moliya vazirligi va uning boʻlinmalarining ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari roʻyхati toʻldirildi. Xususan, 18.03.2017 yildagi "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-2847-son qaroriga (1-b.) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga (8-b.) oʻzgartirishar kiritildi. Jumladan, boshqalar qatorida, Moliya vazirligi va uning boʻlinmalari qimmatli qogʻozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirishni amalga oshiradi. Shuningdek Moliya vazirligining qimmatli qogʻozlar bozori sohasida funksiyalari belgilandi.

 

Uchinchidan, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste’mol etil spirtini Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan taqsimlangan hajmlardan ortiqcha hajmda хarid qilinadigan taqdirda Agentlikni хabardor qilish tartibi chiqarib tashlandi (05.02.2019 yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5656-son Farmon 3-b. 9-х.) .

 

Shu kabi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar quyidagilarga kiritildi:

  • Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlariga (21.09.2018 yildagi PF-5544-son Farmon bilan tasdiqlangan);
  • Prezidentning 2020 yil 2 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaхshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi meхanizmini joriy qilish toʻgʻrisida"gi PF-6003-son Farmoniga;
  • Prezidentning 2006 yil 7 noyabrdagi "Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-505-son qarori va boshqalarga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.