Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Moped va skuterlar uchun guvohnoma olish muddati koʻchirildi

17.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.04.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yongʻin хavfsizligi qoidalari va transport vositalaridan foydalanish talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi 224-son qarori qabul qilindi.

 

Avvalroq dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalarini (moped va skuterlarni) boshqarish uchun 2025 yil 1 martdan tegishli haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlish kerakligi belgilangan edi. Oʻzgartirishlarga muvofiq, ushbu muddat 2025 yil 1 oktyabrga koʻchirildi.

 

Bundan tashqari, Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomning amal qilish muddati 2025 yil 30 sentyabrga qadar uzaytirildi.

 

Hujjat bilan shuningdek Xonalarni koʻchma oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlashning yangi me’yorlari tasdiqlandi. Yangi tahrirda oʻt oʻchirish aerozoli generatori bilan jihozlashning me’yorlari aks ettirilgan (shu yerda tanishish mumkin.)

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev