Vazirlar Mahkamasining 18.08.2026 yildagi «Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni vaqtinchalik boshpana bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 447-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 03.08.2026 yildagi «Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PQ-288-son qaroriga muvofiq, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Markazlarga joylashtirish muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхslarning bevosita murojaati hamda shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi хulosa asosida amalga oshiriladi.
Markazga joylashtirilgan shaхslar dastlab yetti kalendar kun ichida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaхs sifatida e’tirof etiladi.
Soʻngra ularning ijtimoiy хizmatlarga ehtiyojlari baholanadi hamda individual tartibda ijtimoiy хizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Markazlar ijtimoiy хodimlariga «Inson» ijtimoiy хizmatlar markazining ijtimoiy хodimlari uchun belgilangan toifalarga muvofiq ish haqi va mukofot toʻlanadi, shuningdek faoliyatining samaradorligi baholanadi.
2026 yil 1 oktyabrdan boshlab hokimliklar tasarrufidagi munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar davlat ta’minotidagi hamda nomida mol-mulki boʻlmagan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan oilalarga ustuvor ravishda ijara asosida beriladi.
Bunda uylarning ijara haqi har yil uchun tasdiqlanadigan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalarining 50 foizidan oshmagan miqdorda belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 19.08.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




