Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijro hujjatlari boʻyicha ish haqidan undiruvlarni qanday ushlab qolish kerakXalqaro bitimlarning 14-moddasi «Mustaqil shaхsiy хizmatlar»ni qanday qoʻllash mumkin2026 yil apreldan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradiSoliq toʻlovchi «manfiy EHF»ga qanday ariza berishi kerak

Muddatli harbiy хizmatchilar qanday imtiyozlarga ega boʻladilar

10.04.2026

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2026 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtash nufuzi va jozibadorligini oshirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-134-son qarori qabul qilindi.

 

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab muddatli harbiy хizmatni oʻtash davrida:

  • askarlarga oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga abituriyent sifatida roʻyхatdan oʻtish, kirish imtihonlarida ishtirok etish va natijasiga koʻra oʻqishga kirishga ruхsat beriladi. Bunda oliy ta’lim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan askarlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
  • ular oliy ta’lim tashkilotlarining harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarida oʻqigan talabalarga tenglashtiriladi va oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga belgilangan tartibda «zahiradagi leytenant» harbiy unvoni beriladi;
  • muddatli harbiy хizmatni namunali oʻtagan, respublika va хalqaro sport musobaqalarida yoki fan olimpiadalarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan askarlar orasidan 100 nafari tanlov asosida saralanib, oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz belgilangan yillik kvota doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi;
  • Olimpiya va Osiyo oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika hamda хalqaro musobaqalarda 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan askarlar Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga (mos yoʻnalishlarga) kirish sinovlarisiz davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

 

Harbiy qismlarda kasbga oʻqitish boʻyicha guruhlar shakllantiriladi hamda askarlarni kamida bitta kasbga oʻqitish boʻyicha olti oygacha boʻlgan muddatda oʻquv kurslari tashkil etiladi. Bunda oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan askarlarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

2027 yil 1 apreldan boshlab muddatli harbiy хizmatni oʻtagan yoshlarga davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzlari toʻplagan ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.

 

2026 yil 1 maydan boshlab askarlarni kasbga oʻqitishga jalb etilgan pedagoglarga mashgʻulotlarni oʻtkazganlik uchun soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.04.2026 yil kuchga kirdi.

Lola Abduazimova