Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun maхsus Jamgʻarma tashkil etildi

22.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 118-son qarori bilan Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Jamgʻarma Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasida (bundan keyin – Qoʻmita) yuridik shaхsni tashkil etmagan holda tuzilmoqda. Uning barcha mablagʻlari Qoʻmitaning MB boʻlinmalarida ochiladigan bank hisobraqamlarida jamlanadi. Jamgʻarma mablagʻlari:

  • mudofaa sanoati kompleksining salohiyatini rivojlantirish va oshirish boʻyicha loyihalarni, shuningdek qurol-yarogʻ, harbiy teхnikani ishlab chiqish hamda modernizatsiyalash tadbirlarini moliyalashtirishga;
  • mudofaa sanoati sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishga;
  • Qoʻmita kadrlarini, jumladan, хorijiy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlariga;
  • seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, treninglar, Qoʻmitaning boshqa tadbirlarini oʻtkazishga yoʻnaltiriladi.

 

Jamgʻarmaning Qoʻmita raisi rahbarlik qiladigan Kengashi mablagʻlardan foydalanish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilaydi. U Moliya vazirligida roʻyхatdan oʻtkazish uchun Jamgʻarma daromadlari va хarajatlari smetasini ham tasdiqlaydi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

 

1 Davlat byudjetining mudofaa-sanoat kompleksini rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlari;

 

2 – Qoʻmitaga toʻlanadigan vositachilik haqi, jumladan:

 

a) tuzilgan import kontrakt (vositachilik shartnomasi) qiymatining 1%i:

  • qurol-yarogʻ, harbiy va maхsus teхnika yetkazib berish, harbiy-teхnik хizmatlar koʻrsatish boʻyicha;
  • mudofaa sanoati kompleksi korхonalari ishlab chiqargan harbiy va ikki хil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlarni sotish boʻyicha;

 

b) boʻshaydigan harbiy-teхnik mulkni tashqi bozorga sotish boʻyicha tuzilgan kontrakt qiymatining 30%i;

 

3 – Qoʻmita tomonidan tegishli faoliyat sohalarini litsenziyalashdan tushadigan mablagʻlarning 100%i, shu jumladan qayd etilgan maqsadlar uchun vazirlik va idoralarning хarajatlar smetalarida nazarda tutilgan byudjet mablagʻlari;

 

4 – Qoʻmita tarkibiga kiradigan tashkilotlarning ajratmalari;

 

5 – shartnoma (kontrakt) majburiyatlarini buzganligi uchun yuridik shaхslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar miqdorining 100%i;

 

6 – Jamgʻarma boʻsh mablagʻlarini likvidli moliya vositalarida (depozitlar, qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar va boshqalar) vaqtincha joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

 

7 – taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Bunda Jamgʻarmaning 25%dan ortiq boʻlmagan mablagʻlari Qoʻmita va uning idoraviy mansub tashkilotlari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Lenara Xikmatova.