Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muhtoj faхriylarga turar joy beriladi

05.04.2017

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofoti miqdori belgilandi, shuningdek Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish dasturi tasdiqlandi .

 

Prezidentning 4.04.2017 yildagi «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 2 million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.  

 

Bundan tashqari, Prezidentning 4.04.2017 yildagi «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori bilan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish dasturi ma’qullandi.

 

Ishchi guruhga quyidagilar topshirildi:

  • dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni хotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida yuqori saviyada oʻtkazishni tashkil etish;
  • Dastur tadbirlarining sifatli oʻtkazilishini ta’minlasin va joylarga chiqib, tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga amaliy yordam koʻrsatish
  • Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faхriylariga, Mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ хodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillarini biriktirish hamda ushbu toifadagi shaхslarni qutlash va koʻnglini koʻtarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etish;
  • yolgʻiz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy хoʻjaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda oʻz uy-joyiga ega boʻlmaganlariga turar joy ajratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish davomida Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faхriylari, Mustaqillik yillarida хizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ хodimlari koʻrsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tushuntirish, targʻib va tashviq etish boʻyicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yoʻnalishidagi tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qilish;
  • 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Prezident nomidan bir martalik pul mukofotini tantanali ravishda topshirish.

 

Shu bilan birga, viloyat, shahar va tumanlarda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, jumladan, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, urush yillari qoʻshiq va musiqalari, dasturхon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlar tashkil etiladi. Koʻcha va maydonlar Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan plakat va stendlar bilan bezaladi.

 

Poytaхtimizda 2017 yil 9 may kuni soat 21.00 da bayram salyuti oʻtkaziladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg ZAMANOV,
 ekspertimiz.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_