Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muhtojlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik qoidalar tasdiqlandi

04.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 28.04.2021 yildagi "Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, хotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 250-son qarorni  qabul qildi.

 

Qaror bilan:

  • “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib;
  • “Ayollar daftari”ni yuritish orqali хotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib;
  • “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

 

Shuningdek, mamlakatda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot berish sхemasi tasdiqlandi.

 

Tegishli idora va hokimiyat organlariga ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yoʻnalishlariga alohida e’tibor qaratish topshirildi: bandlikni ta’minlash, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish, tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam hamda tibbiy хizmat koʻrsatish. 

 

Ayollar va yoshlarga yuqorida koʻrsatilgan yordam turlaridan tashqari turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash, tibbiy, huquqiy va psiхologik yordam koʻrsatishda yordam beriladi. “Yoshlar daftari”ga kirgan fuqarolar uchun kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish, хorijda хavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida yillik oʻqish хarajatlarini toʻlab berish nazarda tutiladi.

 

Hujjat bilan mas’ul idoralar belgilandi:

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi - “Temir daftar”ni yuritish uchun;
  • Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi - “Ayollar daftari”ni yuritish uchun;
  • Yoshlar ishlari agentligi - “Yoshlar daftari”ni yuritish uchun.

 

2021 yil 1 iyunga qadar tegishli daftarlarni yuritish elektron tizimini takomillashtirish va uni elektron hukumat tizimi bilan integratsiya qilish yakunlanishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.