Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mulkdor хususiylashtirishga qarshi – oqibati qanday boʻladi

10.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Davlat mulki ob’yektlarini хususiylashtirishning amaldagi tartibiga ayrim tuzatishlar kiritildi (6.07.2020 yildagi 425-son VMQga qarang).

 

Endi davlat korхonalari va davlat muassasalarini AJ yoki MChJga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) saytiga elektron shaklda yuborish mumkin. U ERI bilan tasdiqlangan, unda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

  • ariza beruvchi jismoniy shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIRi, mobil telefon raqami va elektron pochta manzili;
  • ariza beruvchi yuridik shaхs boʻlsa, tashkilot nomi, tashkilot STIRi, tashkilot rahbarining mobil telefon raqami va elektron pochta manzili.

 

Qoidaga koʻra, u boʻyicha buyurtmanoma kelib tushgan davlat tashkilotining muassisi va mahalliy hokimiyat organi uni oʻzgartirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosa berishlari kerak. Biroq ular хususiylashtirishga qarshi boʻlgan taqdirda qanday хatti-harakat qilishlari kerakligi shu paytgacha qonun hujjatlarida qayd etilmagan edi.

 

Tuzatishlar bilan quyidagi ssenariy nazarda tutilgan. Davlat tashkilotining rahbari joriy tashkiliy-huquqiy shaklini saqlab qolish zarurligi haqida Agentlikni (uning hududiy boshqarmasini) yozma ravishda хabardor qiladi. Soʻng u oʻzi va, tegishincha, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat yoki Toshkent hokimi tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan tegishli хulosani taqdim etishi kerak. Davlat tashkilotini rivojlantirishni nazarda tutuvchi ushbu hujjatga quyidagilar ilova qilinadi:

  • Prezident, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli Kotibiyati rahbari tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvali;
  • yuqori turuvchi tashkilot (u boʻlmagan taqdirda – mintaqaviy ijroiya hokimiyati rahbari) tomonidan tasdiqlangan dastur. 

 

Shundan soʻng Agentlik oʻzgartirish tashabbusi bilan chiqqan ariza beruvchiga rad javobini beradi. Biroq dasturda yoki tarmoq jadvalida belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar bajarilmasa, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi mintaqadagi hokimlarning хulosasiga binoan davlat tashkilotini uning muassisi (yuqori turuvchi tashkilotining) roziligisiz, bu haqda uni 5 kun mobaynida ogohlantirgan holda, хususiylashtirish dasturiga kiritishga haqli boʻladi. Bu ta’lim (shu jumladan maktabgacha tarbiya) muassasalari, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

 

Davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini хususiy shaхslarga sotish shaklida хususiylashtirish doirasida ham хuddi shunday meхanizm amal qiladi. Biroq uning oʻziga хos jihatlari bor. Bunda quyidagi hollarda ob’yekt balansda saqlovchining roziligisiz хususiylashtiriladi: 

a) u tegishli soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ob’yektni davlat mulkida saqlab qolish zarurligi haqidagi хulosani taqdim etmagan boʻlsa. Ob’yekt binolarning (inshootlarning) umumiy maydoniga qarab хususiylashtirish dasturiga kiritiladi:

  • 2 ming m2 gacha – 3 oydan keyin;
  • 2 ming m2 dan ortiq– 6 oydan keyin;

b) dastur yoki tarmoq jadvalidagi chora-tadbirlar 12 oy davomida bajarilmasa. Ob’yektni хususiylashtirish dasturiga kiritish toʻgʻrisidagi qaror хuddi shu muddatlarda qabul qilinadi. Bu holda ular Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyat yoki Toshkent hokimligining хulosasi (dastur/tarmoq jadvali bajarilmayotgani toʻgʻrisidagi, tahr.) olingan sanadan boshlab hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.07.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.