Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Chet el kompaniyasi korхonani хodimlar bilan ta’minlaganda doimiy muassasa shakllanadimi Vaхta usulidagi ishlarda buхgalteriya hisobi qanday yuritiladi va soliqlar qanday toʻlanadi Transport-logistika markazlarining reyting mezonlari

Mulkni baholash toʻgʻrisidagi hujjatlarga muhr kerak emas

07.06.2016

Davlat raqobat qoʻmitasining qarorlari (2359-1, 1860-2, 2025-1, 2026-1, 2044-1, 2279-1, 2371-1-son) bilan Mulkni baholash milliy standartlariga (MBMS) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, ularga koʻra faqat tadbirkorda muhr boʻlgan taqdirda hujjatlarga muhr qoʻyiladi. Quyidagi MBMSlarga aniqlashtirishlar kiritildi:

 

- 8-son “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash”; 

 

- 9-son “Biznes qiymatini baholash”;

 

- 10-son “Koʻchmas mulk qiymatini baholash”;

 

- 11-son “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondining qiymatini baholash”;

 

- 12-son “Soliq solish maqsadida yalpi baholash usullari bilan koʻchmas mulk qiymatini baholash”;

 

- 13-son “Intellektual mulk ob’yektlari qiymatini baholash”; 

 

- “Baholash faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar” shaklini toʻldirish boʻyicha qoidalarga.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.