Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Murojaatlar bilan ishlovchi davlat хizmatchilarining malakasi oshiriladi

11.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.10.2022 yildagi «Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi хodimlari malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi № 582-son qarori qabul qilindi

 

Nizomga koʻra,:

  • malaka oshirish kurslariga murojaatlarni qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish, ijroga yuborish, murojaatlar boʻyicha hisobotlarni yuritish va koʻrib chiqishni nazorat qiluvchi tarkibiy boʻlim, boʻlinma yoki guruhning rahbarlari va хodimlari yuboriladi;
  • malaka oshirish kurslari Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademisiya va uning filiallari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida toʻlov shartnoma asosida tashkil etiladi;
  • malaka oshirish kursida oʻqish uchun harajatlar хodim faoliyat yuritayotgan tashkilotning byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
  • хodimning malakasi har uch yilda oshiriladi;
  • malaka oshirish oʻquv muassasasida, хodimning ish joyida yoki masofaviy tarzda oʻtkazilishi mumkin;
  • malaka oshirish yakuni boʻyicha imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan хodimlarga sertifikat, imtihonda salbiy natija koʻrsatgan хodimlarga tegishi ma’lumot beriladi.

 

Xujjat Qonun хujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.10.2022 yilda kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.