Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Murojaatlarni koʻrib chiqish statistikasi va natijalari barcha uchun ochiq boʻladi

30.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 22.08.2017 yildagi 659-son qarori bilan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga tuzatishlar kiritildi.

 

Hujjatga kiritilgan qoʻshimchalar fuqarolarning murojaatlari boʻyicha bajarilgan ish toʻgʻrisida hisobot tartibini tartibga soladi.

 

Demak, davlat organlari va ularning mas’ul boʻlinmalari har oyda:

  • Prezident devoniga murojaatlar bilan ishlash toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi;
  • murojaatlarni koʻrib chiqish natijalarini IDXYaPda, davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida, bosma va elektron OAVda e’lon qiladi;
  • tushgan murojaatlarni tahlil qilish yakunlari boʻyicha davlat organining rasmiy veb-saytida tegishli statistika hisobotlarini e’lon qiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.