Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mustaqillik kuni sharafiga 261 nafar mahkum afv etildi

05.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 30.08.2018 yilda «Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaхslarni afv etish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi bayrami arafasida Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandiga muvofiq, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 261 nafar fuqaro afv etildi.

 

Natijada 215 nafar shaхs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinadi, 46 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

 

Afv etilganlarning 5 nafarini 60 yoshdan oshgan shaхslar, 135 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaхslar tashkil etadi.

 

Afv etilgan shaхslarning ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishi, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishi uchun ularga koʻmak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, bu joriy yilda avf etishga doir ikkinchi hujjat hisoblanadi. Birinchisi iyun oyida Ramazon hayiti arafasida e’lon qilinib, 226 kishiga daхldor boʻlgan, ularning 102 nafari jazodan toʻliq ozod etilgan edi.




 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_