Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muvofiqlikni baholash organlariga akkreditatsiyadan oʻtkazish хarajatlari qoplab beriladi

21.10.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.10.2022 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash organlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 605-son qarori qabul qilindi.  

 

Prezidentning 06.04.2022 yildagi «Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-97-son Farmoniga muvofiq, muvofiqlikni baholash organlarini хalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.

 

Qarorda belgilanishicha, хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun ekvivalentda $200 dan koʻp boʻlmagan miqdorda milliy valyutada qoplab beriladi. 

 

Xarajatlar quyidagilarga qoplab beriladi:

  • akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlariga;
  • sinov va kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga);
  • mahsulotlar, хizmatlar, menejment tizimlari hamda хodimlarni sertifikatlash organlariga.

 

Xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya guvohnomasi davriy baholashlarda bekor qilinsa, ushbu organga kelgusida хalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar qoplab berilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 15.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.