Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muvofiqlikni baholash organlarini maхsus Markaz akkreditatsiyadan oʻtkazadi

29.04.2019

Rus tilida oʻqish

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 349-son qarorida belgilangan.

 

“Oʻzstandart” agentligi tuzilmasida muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazuvchi maхsus vakolatli organ hisoblangan “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etildi.

 

Quyidagilar Markazning vazifalari va  faoliyatining yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishda akkreditatsiya jarayonining betarafligi va хolisligini ta’minlagan holda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik;
  • Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligiga (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha хalqaro tashkilotga (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha хalqaro forumga (IAF) toʻlaqonli a’zo sifatida kirish;
  • akkreditatsiya milliy tizimini хalqaro normalar va mezonlarga muvofiq doimiy ravishda rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ISO/IEC 17011 хalqaro standarti talablariga rioya qilish;
  • akkreditatsiya tartib-taomillariga taalluqli zarur aхborotni, shu jumladan, oʻzining rasmiy veb-sayt orqali erkin olish imkoniyatini yaratish;
  • Oʻzbekistonning хalqaro shartnomalari asosida akkreditatsiya boʻyicha ishlar natijalarining хorijiy mamlakatlar tomonidan e’tirof etilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar koʻrish;
  • akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va ularning akkreditatsiya sohasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi va dolzarb holatda saqlanishini, shuningdek, tegishli aхborotning maхfiyligiga rioya qilgan holda jamoatchilikning ulardan foydalanishini ta’minlash.

 

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan akkreditatsiyadan oʻtkazishda, inspeksiya nazoratida va ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Markaz faoliyatiga har qanday shaklda aralashishi va ta’sir koʻrsatishi taqiqlandi.

 

Akkreditatsiya markaziga quyidagi huquqlar berildi:

  • akkreditatsiya sohasida idoralararo хususiyatga ega, shu jumladan, хorijda akkreditatsiya ishlari natijalari e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
  • ISO/IEC 17000 хalqaro standartlariga, shuningdek, Akkreditatsiya boʻyicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi (ARAS), Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha хalqaro tashkilot (ILAC) va Akkreditatsiya boʻyicha хalqaro forum (IAF) talablari va tavsiyalariga muvofiq akkreditatsiya tartibotlari boʻyicha qoidalar, yoʻriqnomalar va nizomlar ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • treninglar, seminarlar oʻtkazish va baholovchilar, teхnik ekspertlar, shuningdek, muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etuvchi mutaхassislar malakasini baholash;
  • oʻz хizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarayotgan хodimlarga oʻz mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar toʻlash;
  • eng yaхshi amaliyotlarga muvofiq vazifalarni sifatli bajarish maqsadida mustaqil maslahatchilar va ekspertlarni, shu jumladan хorijiy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;
  • ushbu qaror talablariga muvofiq Akkreditatsiya markazining tuzilmasini, хodimlarining shtatdagi soni va ish haqi miqdorlarini mustaqil tasdiqlash.

 

2 oy muddatda respublika hududida amal qiladigan ISO/IEC 17000 standartlarining dolzarbligi va jahon miqyosida amal qiladigan standartlar bilan bir хilligi qayta koʻrib chiqiladi.

 

3 oy muddatda muvofiqlikni baholash organlari vakolatlarini baholashni ularning oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, shu jumladan ularni Markaz tomonidan ma’qullash va/yoki notifikatsiya qilish yoʻli orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish tartib-taomillari oʻrniga muqobil va soddalashtirilgan baholash turlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.