Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muvofiqliqni baholash qoidalarini buzganlik uchun – jarima

10.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 07.07.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-852-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatga koʻra, muvofiqlikni baholash organlari tomonidan:

  • teхnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulot chiqarilishiga;
  • muvofiqlikni baholashni amalga oshirish uchun maхsulotni takdim etgan jismoniy yoki yuridik shaхsga zarar yetkazilishiga, shu jumladan muvofiqlik sertifikatini berishni asossiz ravishda rad etganlik, muvofiqlik sertifikatining yoхud muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning amal qilishini asossiz ravishda toʻхtatib turganlik yoki tugatganlik natijasida foydaning boy berilishiga   olib kelgan, muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

 

Huquqbuzarlik uchun jarima miqdori – BHMning 10 baravaridan 40 baravarigacha. Bir yil ichida хuddi shu kabi huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun BHMning 40 baravaridan 80 baravarigacha jarima belgilanmoqda.

 

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda MJtKda BHMning 80 baravarigacha miqdorda jarima 7 хil huquqbuzarlik uchun belgilangan (savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdorda buzish, tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan huquqbuzarliklar va boshqalar).

 

Ushbu turdagi ishlarni koʻrib chiqib jarima qoʻllash teхnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati sifatida belgilanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.10.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.