Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Namangan shahri Yangi Namangan tumani hokimligi tashkil etildi

17.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.05.2021 yildagi «Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 293-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani tashkil etildi. Tumanda qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda adliya boʻlimi, davlat хizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tashkil etiladi.

 

2022 yil 1 dekabrga qadar tumanning ma’muriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda Namangan shahrining 2040 yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqiladi.

 

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligiga Yangi Namangan tumaniga oʻtkazilgan ma’muriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining joylashgan joyini (pochta manzili) ulardan ariza yoki ma’lumot talab etmagan holda, ikki oy muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartirish topshirildi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Yangi Namangan tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi;
  • Davlat organlari va tashkilotlarining Yangi Namangan tumanidagi boʻlinmalari hamda ularga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan хodimlarining cheklangan umumiy soni (ajratilgan byudjet parametrlari doirasida).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.