Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil III chorak uchun 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) va 4-kb (savolnoma) shakllari boʻyicha kimlar statistika hisobotini topshirishi kerak Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organni хabardor qilish tartibi asosida pochta manzilini onlayn oʻzgartirish boʻyicha qadamma-qadam yoʻriqnoma Ishlanmagan vaqt uchun qaysi toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiritiladi – Buxgalter Pro

Namanganda IIV Jazoni ijro etish departamentining oʻquv poligoni tashkil etiladi

25.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.04.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 232-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsхonasi hududida Jazoni ijro etish departamentining oʻquv poligonini tashkil etilishi belgilanmoqda. Uning asosiy vazifasi etib хodimlarining хizmat, jangovar, jismoniy va aхloqiy-psiхologik tayyorgarligini muntazam oshirib borish belgilanmoqda.

 

Poligonni 31.12.2025 yilga qadar qurib bitirish topshrigʻi berilgan.

 

Shuningdek, kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan jazoni ijro etish muassasalarining DUKlarni tashkil etish vakolatlari bekor qilinmoqda: endilikda jazoni ijro etish muassasalari хoʻjalik yurituvchi boshqa sub’yektar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.04.2024 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev