Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Navoiy» EIZ kengaytirildi, yana 4 ta KSZ tashkil etildi

07.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 5.06.2018 yildagi «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3774-son qarori e’lon qilindi.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Shahardagi 81,4 gektar faoliyat yuritilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari (sobiq «UPP» AJga qarashli ishlab chiqarish bazasi hamda qurilish materiallari zavodining bino va inshootlari, shuningdek sobiq «Avtotransstroy-meхanizatsiya» AJga qarashli ob’yektlar) «Navoiy» EIZ hududiga qoʻshildi.

 

Navoiy viloyatida qoʻshimcha ravishda 4 ta: Zarafshon shahar (0,8 ga), Navoiy shahar (1,2 ga), Karmana tumani (1,2 ga) va Xatirchi tumani (35 ga) kichik sanoat zonasi (KSZ) tashkil etildi.

 

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki keyinchalik mulk huquqini oʻtkazgan holda 10 yilga biznes-sub’yektlarga beriladi, buning uchun biznes-rejalar bajarilishi, ish oʻrinlari yaratilib, saqlanib qolinishi, barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanishi zarur. Ijaraga olinadigan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqilsa, ijara toʻlovi stavkalari juda past, oshiruvchi koeffitsiyentlarsiz belgilangan. 2018 yilgi stavkalar – bu yerda.

 

KSZ ishtirokchilariga yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlar Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi. 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi KSZda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali 50 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochadi. Mablagʻlar import uskunalar va butlovchi buyumlarni хarid qilish uchun ajratilmoqda. Kreditlarni soʻndirish kunidagi MB kursi boʻyicha soʻmda qoplash mumkin boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_