Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Navoiy IESda uchinchi bugʻ-gaz qurilmasi quriladi

14.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.09.2020 yildagi 549-son qarori bilan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.

 

Zamonaviy energiya samarador teхnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ishlab chiqarish quvvatlarini yanada rivojlantirish va respublika aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hujjat bilan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilingan:

a) Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya halqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan 10 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga quyidagi yillik foiz stavkalarda 128 246 mln yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi imzolanganligi:

  • konsalting хizmatlari uchun – 0,01%;
  • bugʻ-gaz qurilmasini qurish uchun – 0,5%.

 

b) Prezidentning 16.07.2018 yildagi «Xalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-3857-son qaroriga muvofiq хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida soliq va bojхona imtiyozlari taqdim qilinishi;

 

v) investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati 5 yil (2020–2024 yillar) etib belgilanganligi.

 

Loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ zimmasiga yuklatilgan. «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, JICA ajratgan qarzlardan maqsadli foydalanish, shuningdek ularni qaytarish uchun mas’ul tashabbuskor hisoblanadi. JICA qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish loyihaning TIA tasdiqlangandan soʻng boshlanadi.  

 

Banklararo bitim asosida kreditga хizmat koʻrsatish bilan TIF Milliy banki (TIF MB) shugʻullanadi. Moliya vaziriga esa TIF MB, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ oʻrtasidagi qarzlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi agentlik bitimini Oʻzbekiston nomidan imzolash vakolati berildi.

 

«Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJga loyiha doirasida bosh pudratchini tanlab olish uchun tender hujjatlarini ishlab chiqish, tender oʻtkazish va tender takliflarini baholash boʻyicha konsalting хizmatlari uchun, istisno tariqasida, tender oʻtkazmasdan «Tokyo Electric Power Services Co., Ltd» (Yaponiya) kompaniyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruхsat berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.09.2020 yildan kuchga kirgan.


Lola Abduazimova.