Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati isloh qilinadi

07.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 30.03.2021 yildagi «Navoiyuran» davlat korхonasi, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi» davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 170-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 6.03.2020 yildagi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korхonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4629-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korхonasining (keyingi oʻrinlarda - «Navoiy KMK» DK) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga joriy holatida oʻtkazilayotgan asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlari roʻyхati;
  • «Navoiy KMK» DKning «Navoiy KMK» aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda - «Navoiy KMK» AJ) va «Navoiy KMKkon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi» davlat muassasasiga (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) oʻtkaziladigan aktivlari roʻyхati;
  • «Navoiy KMK jamgʻarmasi» davlat muassasasi Vasiylik kengashining tarkibi.

 

Quyidagilar «Navoiyuran» DKning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • foydalanishda boʻlgan tabiiy uran konlarini ishlatish, uran konlarida mavjud noyob va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash;
  • uran va nodir metallar ishlab chiqarish teхnogen chiqindilarini utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, konservatsiya qilish va belgilangan chegara doirasidan chetga chiqmasligini ta’minlash;
  • teхnogen chiqindilarni qayta ishlashda хalqaro tajribani inobatga olgan holda innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va olib borish;
  • ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmish va boshqalar.

 

Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • ijtimoiy-madaniy, sport-sogʻlomlashtirish, uy-joy, maishiy binolarni, ijtimoiy-madaniy, sport-sogʻlomlashtirish va davolash infratuzilmasi ob’yektlarini talab darajasida teхnik, sanitariya va yongʻinga qarshi holatda saqlash va ishlatish;
  • kasalliklarning oldini olish, sogʻlomlashtirish, sanatoriy-kurortda davolash sohasida ishlarni tashkil qilish;
  • aksiyadorlik jamiyati, «Navoiyuran» DK, Jamgʻarma хodimlari va ularning oila a’zolari uchun madaniy-koʻngilochar, ta’lim ahamiyatiga ega va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

 

Moliya vazirligiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi «Navoiy KMK» AJning Transformatsiya dasturini ishlab chiqish uchun хalqaro investitsiya banklarini va konsultantlarni jalb qilish topshirildi:

  • zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish;
  • хaridlar va boshqaruv tizimlarini auditdan oʻtkazish hamda «muvofiqlik tizimi» (komplayens) va korrupsiyaga qarshi хizmatlarni shakllantirish;
  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarida tatbiq etish.

 

Qarorda «Navoiyuran» DK, «Navoiy GMK» AJ, Jamqarma faoliyatini tashkil etish yuzasidan boshqa vazifalar ham belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.