Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nazorat tartibida ish yuritish bekor qilindi

15.01.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan «Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi (12.01.2021 yildagi OʻRQ-664-son).

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq nazorat tartibida ish yuritish bekor qilinadi.

 

Respublikada jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlov quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:

  • Oliy sud;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi (ilgari – Qoraqalpogʻiston Respublikasining jinoyat ishlari boʻyicha sudi);
  • viloyatlar sudlari;
  • Toshkent shahar sudlari (ilgari – jinoyat ishlari boʻyicha);
  • jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari;
  • harbiy sudlar.

 

Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi (ilgari ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganmagan boshqa shaхslarga nisbatan ham haqiqatni aniqlash maqsadida muhokama yuritilgan).

 

Sudda chiqarilgan hukm ustidan apellyatsiya tartibida (ilgari tanlovga koʻra apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida) shikoyat qilish mumkin.

 

Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga;

2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan – Harbiy sudga;

3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Harbiy sudning hukmi ustidan – Oliy sudga;

4) Oliy sudning hukmi ustidan – mazkur sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga.

(Ilgari Oliy sudning, Qoraqalpogʻiston Respublikasining jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudining, shuningdek Harbiy sudning hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati va protestlar mazkur sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan).

 

Belgilanishicha, birinchi instansiya sudining hukmlari ustidan apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran 20 sutka ichida (ilgari – 10 sutka ichida) berilishi mumkin.

 

JPKning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaхslar tomonidan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shaхsan shikoyat qilish yoki shaхsan protest bildirish muddatlari ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran 10 kundan 20 kungacha uzaytirildi.

 

Apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan birinchi instansiya sudining hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya instansiyasi sudining hukmlari kassatsiya tartibida qaytadan koʻrib chiqilishi mumkin (ilgari, agar ish apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan boʻlsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan).

 

Kassatsiya shikoyati, protest bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga – Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sud hay’atiga beriladi. (Ilgari qonuniy kuchga kirgan hukmlar ustidan kassatsiya tartibida quyidagicha shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin edi:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan –Qoraqalpogʻiston Respublikasining jinoyat ishlari boʻyicha sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudiga;  

2) Qoraqalpogʻiston Respublikasining jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudining hukmi ustidan mazkur sudlarning sudlov hay’atiga; 

3) Oliy sudning hukmi ustidan – mazkur sudning sudlov hay’atiga;

4) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan – Harbiy sudga, Oliy sudning hukmi ustidan – mazkur sudning sudlov hay’atiga).

 

Ishni kassatsiya instansiyasi sudida Oliy sud raisi, Bosh prokuror, ularning oʻrinbosarlari JPKning 49719-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra kiritgan kassatsiya protesti boʻyicha takroran koʻrish toʻgʻrisidagi norma kiritildi (JPK 50912-m.).

 

Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish Oliy sudning ilgari mazkur ishni koʻrishda ishtirok etmagan 5 nafar sudyasidan iborat tarkibda amalga oshiriladi.

 

Shu bilan birga JPKga yangi ochilgan holatlar tufayli jinoyat ishlarini koʻrib chiqishni qaytadan boshlash qoidalarini belgilaydigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Ushbu huquqdan ilgari nazarda tutilganidek, nafaqat prokuror, balki jinoyat protsessining qolgan ishtirokchilari ham foydalanishlari mumkin. Yangi ochilgan holatlar tufayli ishni qaytadan boshlash toʻgʻrisidagi masala Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Sudning jinoyat ishlari boʻyicha qarorlari kuchga kiritilishi va ijro etilishi tartibi ham aniqlashtirildi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.