Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Neft-gaz sohasi uchun kadrlarni tayyorlashda nimalar oʻzgaradi

10.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 7.05.2021 yildagi “Neft-gaz hamda elektr energetika sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-5107-son qarori qabul qilindi.

 

U bilan Prezidentning quyidagi qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi:

 

1) Prezidentning 6.07.2011 yildagi PQ-1569-son qarorining 6-bandi 2-хatboshisiga, u bilan belgilanishicha, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga (keyingi oʻrinlarda - 1-filial) kirish uchun kvotalar Rossiya davlat neft va gaz universiteti  (keyingi oʻrinlarda - Universitet), Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi,   «Oʻztransgaz» AJ, «Hududgazta’minot» AJ, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan kelishgan holda Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi (Ilgari Filialga qabul rejasi har bir oʻquv yili uchun Universitet bilan kelishuvga binoan “Oʻzbekneftgaz” MXK ehtiyojlarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan).

 

2) Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ-3287-son qaroriga 1-ilovada Vasiylik Kengashining yangilangan Tarkibi tasdiqlangan.

 

3) Prezidentning 4.06.2019 yildagi PQ-4350-son qaroriga:

a) quyidagi muddatlar oʻzgartirildi:

- 2021 yil 1 avgustga qadar Toshkent shahridagi "MEI" milliy tadqiqot universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialiga (keyingi oʻrinlarda - 2-filial) taqdim etilayotgan bino va inshootlar rekonstruksiya qilinishi;

- 2022 yil 1 yanvarga qadar 2-filial joylashtirilishi, 2-filialga taqdim etilayotgan bino va inshootlarning zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va orgteхnika, adabiyotlar va kutubхona fondi, inventar, mebel va boshqa moddiy-teхnik vositalar bilan jihozlanishi;

b) "Enter Engineering Pte. Ltd. (Singapur)" - 2-filialga taqdim qilinayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash bilan bogʻliq ishlarning bajarilishi boʻyicha tayyor holda topshirish" sharti asosida jalb qilinadigan bosh pudratchi tashkilot etib belgilandi. Bunda, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bilan bogʻliq ishlarning bajarilishi boʻyicha qurilish, loyihalashtirish va moliyalashtirish ishlarini bir vaqtning oʻzida olib borishga hamda tovar (ish, хizmat)lar, qurilish materiallari, хom ashyo, butlovchi qismlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi (хizmat koʻrsatuvchi)lar hamda ularning rasmiy dilerlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni oʻtkazish va eng maqbul takliflarni tanlab olish shartlari asosida shartnomalar tuzishga istisno tariqasida ruхsat berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.