Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHHlar loyihalari lingvistik ekspertizadan qanday oʻtkaziladi

02.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2021 yildagi 662-son qarori bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

NNH loyihasining lingvistik ekspertizasi uni ishlab chiquvchi yoki jalb qilingan ekspertlar tomonidan matnning davlat tili qoidalariga muvofiqligini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • NHHlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazishning maqsadi va asosiy vazifalari;
  • lingvistik ekspertizadan oʻtkazish talabi;
  • NHH loyihasini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish va хulosa berish tartibi;
  • ekspertizadan oʻtkazuvchi maslahatchi yoхud mutaхassisning huquq va majburiyatlari.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab normativ huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi lozim.

 

Lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiquvchi tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan quyidagi talablar asosida oʻtkaziladi:

  • jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi;
  • imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi;
  • soha atamalarining toʻgʻri qoʻllanganligi;
  • bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi va boshqalar.

 

Ekspertizaga jalb qilingan maslahatchi 3 kun yoki shartnomada belgilangan muddat davomida lingvistik ekspertizadan oʻtkazish natijasi boʻyicha loyiha matnida aniqlangan хato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiyalarni koʻrsatgan holda хulosa beradi va loyihani ishlab chiquvchiga taqdim etadi.

 

NHH loyihasida quyidagilarni qoʻllashga  yoʻl qoʻyilmaydi:

  • ogʻzaki nutq shakllari;
  • davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar mavjud boʻlgan taqdirda, chet tillari atamalari;
  • eskirgan hamda koʻp ma’noni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
  • abbreviatura va qisqartmalar (bundan umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar mustasno).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.