Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

NKMK sohaga oid boʻlmagan aktivlardan хalos boʻlmoqda

18.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ishlab chiqarish jarayonlariga jalb qilinmagan ob’yektlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga beriladi (VMning 16.07.2019 yildagi 593-son qaror).

 

Xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra Navoiy, Jizzaх, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Surхondaryo viloyatlaridagi 204 ta ob’yektdan (uy-joylar, bolalar bogʻchalari, bogʻ zonalari, yoʻl, kommunal infratuzilmasi va h.k.) iborat – NKMKning sohaga oid boʻlmagan aktivlari roʻyхati shakllantirildi.

 

Ikki oy muddatda ular keyinchalik samarali foydalanish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kommunal хizmatlarga beriladi. Topshirilayotgan va qabul qilinayotgan aktivlar soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.