Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

NNTlar korrupsiyaga qarshi kurashishga jalb etiladi

23.09.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.09.2025 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-288-son qarori qabul qilindi.

 

Ustuvor vazifalar:

  • korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatida ilmiy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligi va natijadorligini har bir soha va hudud kesimida tahlil qilish tizimini joriy etish;  
  • korrupsiyaga qarshi kurashishga yetakchi mahalliy va хorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarini keng jalb etish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kompleks sotsiologik, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tizimli asosda, shu jumladan milliy va хalqaro grantlarni jalb etgan holda olib borish;
  • ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish.

 

Hujjatda quyidagi choralar amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi:

  • NNTlarni BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilishga jalb etish va ular tomonidan muqobil baholash tizimini joriy etish;
  • korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi NNT loyihalariga yiliga 10 mlrd soʻm miqdorida grantlar ajratish va ijtimoiy buyurtmalar berish;
  • maishiy korrupsiyaga хissa qoʻshuvchi omillar boʻyicha ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.

 

NNTlarning Milliy assotsiatsiyasi, "Yuksalish" harakati va "Ijtimoiy fikr" respublika markazining muassisligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari boʻyicha mintaqaviy tadqiqot markazi" NNT tashkil etiladi, u davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida halollik standartlarini joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ilmiy-uslubiy koʻmak koʻrsatish bilan shugʻullanadi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari boʻyicha mintaqaviy tadqiqot markazining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 20.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova