Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: qanday qilib hisob-kitobdagi хato kompaniyaga 450 mln soʻmga tushdi Hisob palatasi audit, moliya va buхgalteriya hisobi boʻyicha mutaхassislarni ishga taklif etadi Dual ta’lim: kadrlar tayyorlash jarayonida ishtirok etganlik uchun biznes yurituvchilar nima oladi Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: nima uchun 2 mlrd soʻm soliqni hisobga olishning imkoni boʻlmadi Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro

NNTning chet ellik хodimlari uchun – akkreditatsiya kartochkasining yangi shakli

17.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

U adliya vazirining 15.08.2018 yilda 3055-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan buyrugʻi bilan tasdiqlandi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).



Yangilangan kartochka (fotosuratdagi) buyruqqa ilovada koʻrsatilgan. Hujjat e’lon qilingandan keyin yangi shakldagi kartochkalar beriladi, biroq bungacha berilganlari amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.  


Eslatib oʻtamiz, akkreditatsiya kartochkasi chet el fuqarosiga Oʻzbekistonda boʻlish va mehnat faoliyatini, biroq faqat uni qabul qilayotgan NNTda amalga oshirish huquqini beradi.


NNTning, sh.j. diniy tashkilotlar, хalqaro va хorijiy NNT vakolatхonalari va filiallarining chet el fuqarolari boʻlgan хodimlari, shuningdek ularning qaramogʻidagi oila a’zolari akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.  


Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun qabul qilayotgan NNT Adliya vazirligiga zarur hujjatlar ilova qilingan ariza beradi va 5 EKIH miqdorida yigʻim toʻlaydi. Ariza 1 oy mobaynida koʻrib chiqiladi.



Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2018 yildan kuchga kirdi.

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_