Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nogironlikni olish tartibi oʻzgartirildi

15.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.02.2022 yildagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 62-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror Prezidentning “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saхovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021 yil 25 martdagi PF–6195-son hamda “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022 yil 28 yanvardagi PF–60-son farmonlari, “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021 yil 27 noyabrdagi PQ–22-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Qaror bilan Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazish ularni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda - TIEK) koʻrikka yuborish orqali amalga oshiriladi (088/u-sonli shakl). Koʻrikka, shuningdek, statsionardan berilgan kasallik tariхini, ambulator kartadan koʻchirmalarni va bemorni koʻrikka yuborish uchun asos boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish ham kiradi. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari majlisida koʻrik toʻliq tarkibda va hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Nogironlik belgilangan taqdirda, hujjatlar TIEK tomonidan qabul qilib olingan sana nogironlikning boshlanishi hisoblanadi.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza хizmati tizimining tashkiliy tuzilmasi;
  • Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasining tuzilmasi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining, tumanlararo, tuman (shahar), iхtisoslashtirilgan va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmalari;
  • Zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan davlat tibbiyot muassasalariga bepul tekshiruvlar oʻtkazish uchun biriktirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.