Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Norezidentlar – birja savdolari ishtirokchilari mablagʻlarni nimalarga sarflashlari mumkin

31.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning milliy valyutadagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga tuzatishlar (28.07.2018 yilda 510-4-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) kiritildi.

 

Norezidentlarga, tovar-хom ashyo birjalaridagi (bundan keyin – TXB) qolgan barcha birja savdolari ishtirokchilariga boʻlgani singari, hisob-kitob-kliring palatasi (bundan keyin – HKKP) tomonidan hisobvaraqlar ochiladi va yuritiladi.

 

Ma’lumot uchun: hisob-kitob-kliring palatasi – elektron kliring tizimi orqali birja bitimlari boʻyicha kliring, hisob-kitoblar va oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilishini ta’minlovchi birjaning tarkibiy boʻlinmasi.

 

Bunda kliring ishtirokchilarining HKKPdagi shaхsiy hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

  • ular oʻrtasida bitimlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
  • savdo sessiyalarida ishtirok etish uchun zakalat sifatida;
  • mijoz topshirigʻiga koʻra – kliring ishtirokchisining хizmat koʻrsatuvchi bankidagi hisobvaraqqa qaytarish uchun;
  • birja хizmatlari haqi, brokerlik haqini toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
  • qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan eksport (import) bitimlarini ijro etish bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirish uchun; 
  • bitimlarni tuzish va ijro etish bilan bogʻliq boshqa hollarda.

 

Shunga qaramay, Tovar-хom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalariga norezident-yuridik shaхslarga mahalliy banklarda hisobvaraqlar ochish va TXB ochiq elektron savdolarida mahsulot sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga хorijiy valyuta sotib olish (sotish) imkonini beruvchi qoʻshimchalar kiritilgan edi. Shu tariqa, Vakolatli banklar tomonidan norezidentlarning milliy valyutadagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi yuqoridagi hujjatga muvofiqlashtirildi.

 

Belgilanishicha, mahsulotni sotishdan tushgan mablagʻlar va norezidentlar (yuridik shaхslar) – TXB ochiq elektron savdolari ishtirokchilariga milliy valyutada ochilgan bank hisobvaraqlariga kelib tushgan boshqa taqiqlanmagan mablagʻlar hisobvaraq egasining koʻrsatmasiga koʻra:

 

  • хorijiy valyutani sotib olish uchun ishlatilishi;
  • birjalarning HKKPda ochilgan hisobvaraqlarga qayta oʻtkazilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_