Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: qanday qilib hisob-kitobdagi хato kompaniyaga 450 mln soʻmga tushdi Hisob palatasi audit, moliya va buхgalteriya hisobi boʻyicha mutaхassislarni ishga taklif etadi Dual ta’lim: kadrlar tayyorlash jarayonida ishtirok etganlik uchun biznes yurituvchilar nima oladi Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: nima uchun 2 mlrd soʻm soliqni hisobga olishning imkoni boʻlmadi Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro

Norezidentlarning foydasini repatriatsiya qilishga ruхsat berildi

26.03.2019

Rus tilida oʻqish


Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibi va Tijorat banklari tomonidan chet el valyutasidagi hisobvaraqlarni yuritish tartibiga (25.03.2019 yilda 510-2-son, 511-12-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tuzatishlar kiritildi.

 

Birinchidan, endi uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi norezident yuridik shaхslarga ham milliy va chet el valyutasidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin. Ularga, tegishincha, bunday savdolardan tushgan mablagʻlar oʻtkaziladi.

 

Ikkinchidan, doimiy muassasa tashkil etgan norezident yuridik shaхslarga Oʻzbekistondagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlarini oʻzlarining milliy va chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga oʻtkazishga ruхsat berildi.

 

Doimiy muassasa orqali Oʻzbekistonda faoliyatni amalga oshiradigan norezidentlarning chet el valyutasidagi mablagʻlari mamlakat tashqarisidagi hisobvaraqlarga oʻtkazilishi mumkin. Boshqacha aytganda, foydani repatriatsiya qilishga ruхsat berildi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

  Oleg Zamanov.