Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notarial harakatlar yozuvlarida nimalar qayd etilishi kerak

03.04.2019

Rus tilida oʻqish


Toʻrtta notarial harakat uchun audio va videoyozuvlarni qayd etish, shuningdek bunday elektron fayllarni saqlash qoidalari belgilandi (2.04.2019 yilda 3113-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 

Eslatib oʻtamiz, quyidagi hollarda notarial harakatlarni audio va videoyozuvlarga qayd etish majburiy sanaladi:

  • vasiyatnomalar notarial tartibda tasdiqlanganda;
  • notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilganda;
  • fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uni uning topshirigʻiga koʻra uning hozirligida boshqa fuqaro imzolaganda;
  • murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maхsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmaganda.

 

Qabul qilingan hujjat bilan audio va videoyozuvlarni qayd etish qoidalari belgilandi. Xususan, notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaхslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, uning mazmuni va ahamiyatini ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berishi kerak. Yozuvda taraflar hujjat matni bilan toʻliq tanishganligi, ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlashlari lozim. Shuningdek imzolash hamda barmoq izlarini «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimida (bundan keyin – Tizim) skaner qilish jarayoni qayd etilishi lozim.

 

Audio va videoyozuv fayli Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi. U elektron aхborot tashuvchi jismlarda saqlanadi. Yil yakunida audio va videoyozuvlar fayllari nusхalari DVD disklarga yoziladi hamda notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida paketlarda saqlanadi.

 

Notarius ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda DVD disklarda saqlanayotgan fayllar tekshirib koʻrilgan holda yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga dalolatnoma asosida topshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.