Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notarial palataning maqomi, tuzilmasi va moliyalashtirish manbalari belgilandi

10.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 31.01.2020 yildagi «Oʻzbekiston notarial palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 54-son qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 9.09.2019 yildagi PF-5816-son Farmonida Notarial palata tashkil etilishi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilanishi nazarda tutilgan. Shuningdek 14.01.2020 yildagi OʻRQ-602-son Qonun (3-modda) bilan «Notariat toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

 

Notarial palata maqomiga koʻra хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkiloti hisoblanadi. Bunda davlat notarial idorasi notariusi iхtiyoriylik asosida ushbu palata a’zosi boʻlishi mumkin.

 

Notarial palata notariuslarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi. Palata Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda notariatning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.

 

Notarial palata Konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va a’zolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Qaror bilan tasdiqlangan Notarial palataning tashkiliy tuzilmasi quyidagi koʻrinishga ega:

 

Notarial palataning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya ushbu palataning yuqori organi, Boshqaruv – ijro etuvchi organi, Taftish komissiyasi – moliyaviy nazorat organi hisoblanadi. Notarial palataning raisi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palataning Konferensiyasi tomonidan saylangan boshqaruv a’zolari orasidan 5 yil muddatga saylanadi.

 

Ma’lumot uchun: 2019 yil 28 dekabrda oʻtkazilgan muassislar yigʻilishida Notarial palatani tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan, Ustavi tasdiqlangan, Boshqaruv va Taftish komissiyasi a’zolari saylangan. Samarqanddagi 8-son davlat notarial idorasining notariusi Dilshod Rustamovich Ashurov palata raisi etib saylangan.  

 

Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Notarial palatani davlat roʻyхatidan oʻtkazadi. Palata va uning hududiy boshqarmalari tegishli adliya organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

 

Moddiy-teхnik bazani shakllantirish, shu jumladan kompyuter va nusхa koʻchirish teхnikasi, aloqa vositalari, mebel hamda avtotransport vositalari sotib olish uchun mablagʻlar hududiy adliya organlari shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadigan quyidagilar hisobidan ajratiladi:

  • Vazirlar Mahkamasining 2.06.2010 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida» 2010 yil 5 maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 104-son qarorining 2-bandiga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan davlat bojining summalari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida nizomning 10-bandi 10- kichik bandiga muvofiq undiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlarni amalga oshirganlik uchun toʻlov.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Anvar Irkaхodjayev.