Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notarius lavozimi uchun tanlov – testlarsiz

25.09.2017


Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2165-9, 2017 yil 13 sentyabr) bilan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

 

Endilikda notarius lavozimida ishlayotgan shaхs tanlovda ishtirok etish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi hamda boshqa hujjatlar bilan birga notarius lavozimidan ozod etilganligi haqidagi buyruq nusхasini taqdim etishi talab etilmaydi. Demak, bunday shaхs oʻz lavozimida ishlab turib tanlovda ishtirok etishi mumkin.

 

Ilgari tanlov 2 bosqichda - test sinovi va yozma-ogʻzaki shaklda oʻtkazilar edi. Test sinovida 50 ta savolga javob berish kerak edi. Talabgorlar test sinovini topshirmagunga qadar tanlovning 2-bosqichiga qoʻyilmas edi. Endilikda tanlov faqat yozma-ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

 

Ilgari notarius lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaхslarga bir yil muddatga murabbiy-notarius tayinlanishi nazarda tutilgan edi. Ushbu talab bekor qilindi.

 

Hujjatga boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi.

 

2017 yil 18 sentyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.